Jizzax politexnika institutida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli Qarorining mazmun-mohiyati boʼyicha seminar oʼtkazildi.
Seminarda falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sayyora To‘ychiyeva, "Maʼnaviyat targʻibotchisi" oʼquv markazi direktori Shavkat Toʼrayev, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi rahbari Iqboloy Umarova, shahar va tumanlar hokim oʻrinbosarlari, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshliqlari, Xalq taʼlimi boshqarma boshligʻi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʼrinbosari, boshqarmaning tuman(shahar) boʼlimi boshligʻi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari, Maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari, boshqarmaning tuman(shahar) boʼlimi boshligʻi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektorlari hamda kafedra mudirlari, Jizzax shahrining umumtaʼlim maktablari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʻrinbosarlari va Jizzax shahrining barcha mahalla raislari hamda 1-oʼrinbosarlari ishtirok etdi.
Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-5039-son hamda "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5040-sonli Qarorlari mazmun-mohiyatini joylarda keng targʼib qilish hamda ijrosini tashkil etishga koʻmaklashish hisoblanadi.