Joriy yil 7-aprel kuni Jizzax politexnika institutida Jizzax viloyat hokimligi, viloyat badlikka ko‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni viloyatdagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida "Karyera 2021" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 90 dan ziyod korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 100 nafardan ziyod talaba-yoshlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ishga joylashish masalalarini kelishib olishdi. Yarmarka davomida ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan bitiruvchilar oʼrtasida Jizzax viloyat hokimi oʼrinbosari Abduvali Mustanov hamda institut rektori Alisher Usmankulov ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Shuningdek, yigʼilishda Jizzax viloyat bandlik boshqarmasi boshliq oʼrinbosari Bahriddin Yaxshiboyev, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bosh inspektori Sarvar Norpoʼlatov, Meros qurilish firmasi rahbari Isroil Mamasoliyev, "Hududgaz Jizzax" gaz taʼminoti filiali boshliq oʼrinbosari Davron Safarov, Jizzax viloyat uy joy kommunal XK boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi Alisher Tojiboyev, Jizzax erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi boshliq oʼrinbosari Farrux Soibovlar soʼzga chiqdilar. Ochiq muloqot tarzida oʼtgan yigʼilishda talabalar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda korxona va tashkilotlarda yaratilgan sharoitlar borasida tushunchaga ega boʼldilar.