2022-yilning 13-sentyabr kuni Jizzax politexnika instituti tantanalar zalida Arxitektura va qurilish, Qurilish materiallari muhandisligi hamda Servis fakultetlari 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda 1-kurs talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Servis fakulteti dekani, professor J. Hamidov institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A. Usmankulovning 1-kurs talabalariga yo‘llagan qutlovi va tabrigini o‘qib berdi. Professor J. Hamidov o‘z so‘zida talaba-yoshlarga dalda berib, olg‘a intilishga, bilimlarni qunt bilan egallashga chaqirdi. Fakultet talabalari tomonidan erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, barchani ulardan o‘rnak olishga undadi. Shundan so‘ng O‘zbekiston badiiy ijodiy uyushmalari Jizzax viloyati raisi E. O‘rinov so‘zga chiqib, barcha 1-kurs talabalarini o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha puxta bilim egallashga, Vatanimiz kelajagi uchun, el-yurt va oilasi farovonligi uchun fidoyilarcha mehnat qilishga chaqirdi. So‘zga chiqqan Jizzax avtomobil zavodi texnik-mexanigi A. Mahmudov, institut Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi professor-o‘qituvchisi E. Qo‘ldoshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Maxsudov, Talabalar orasida ijtimoiy – ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslahatchisi D. Xamroqulovlar talaba-yoshlarga kasb sirlari, muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida gapirib berdilar. Ota-onalardan K.Jonizoqov, N.Ashurovalar o‘z so‘zlarida talaba-yoshlarni qizg‘in tabriklab, o‘qishda muvaffaqiyat tiladilar hamda samimiy tilaklar bildirdilar. Shuningdek, birinchi kursga qabul qilingan Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti talabasi D. Qarshiboyeva, Servis fakulteti talabasi B. Norboyevlar so‘zga chiqib, talabalikka erishganliklaridagi his-hayajonlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan o‘qilgan she’rlar qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. Iqtidorli talabalar ijrosidagi qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. 👉 https://t.me/JizPI_online/17906