Jizzax politexnika institutida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ular o'rtasida turli nizoli kelishmovchiliklar zamiridagi janjallar natijasida yuzaga keladigan o'tkir tig'li jismlar yordamida tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish maqsadida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tig'” maxsus profilaktik tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida asosiy e'tibor talabalar tomonidan bemaqsad o'tkir tig'li jismlar, xususan, oshxona va qo'lbola usulda yasalgan turli ko'rinishdagi pichoqlar, bigiz, sanchqi va shaxsga shikast etkazishi mumkin bo'lgan boshqa har qanday buyumlarni olib yurish holatlarini aniqlash, ushbu yoshlar bilan tushuntirish ogohlantirish ishlari olib borishga qaratildi.