Jizzax politexnika institutida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar hamda viloyat IIB xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va ularga qarshi kurashish, ijara va talabalar turar joyida talabalar nazoratsizligining oldini olish, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, shuningdek, talaba-yoshlar orasida o'tkir tig'li, kesuvchi, sanchuvchi jismlarni olib yurish, ularni shaxslarga nisbatan qo'llash holatining oldini olish bo'yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
O'tkazilayotgan tadbirlar davomida fuqarolarga tadbirning mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirish berildi. Mutaxassislarning fikricha, o'zi bilan pichoq yoki shunga o'xshash buyum olib yurgan shaxsda uni ishlatishga, amalda qo'llashga qiziqish va intilish hissi yuqori bo'ladi.
IIB xodimlari tomonidan yoshlarning o'tkir tig'li jismlarni yonida olib yurishlari ularning ojizligini ko'rsatishi, buning oqibati esa ayanchli holatlar bilan yakunlanishi mumkinligi ta'sirchan usullarda tushuntirib berildi.
Davra suhbati davomida koronavirus pandemiyasi keng rivojlanib borayotgan hozirgi vaqtda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, dars mashg'ulotlari va jamoatchilik orasida niqobsiz yurish hollariga barham berish, salomatlik-boylik ekanligi hayotiy misollar orqali talablarga tushuntirildi. Tadbir so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javob oldilar.