...

05 Sen

Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Mustaqillikning 31 yilligi va “Bilimlar kuni” bayram tadbiri  bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Mustaqillikning 31 yilligi va “Bilimlar kuni” bayram tadbiri  bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Mustaqillikning 31 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A. Usmankulov Mustaqilligimizning 31 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan nutq so’zladi.

Bayram shodiyonalari davom etayotgan bugungi tantanali damlarda barcha tadbir ishtirokchilari, professor-o’qituvchilar hamda o‘z iqtidori, ilmi, ijodiy izlanishi bilan institut faoliyatida ishtirok etayotgan yigit-qizlarni bayram bilan tabriklab, o’zining samimiy tilaklarini yo’lladi.

Shundan so’ng, institut rektori bir qator professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlarni taqdirladi. Ularga tashakkurnoma, diplom hamda esdalik sovg’alarini institut rektorining shaxsan o’zi topshirdi.

Taqdirlash marosimi yakunlangach so’z navbati institut faxriy o‘qituvchisi D. Soatova, Bino va inshootlari kafedrasi mudiri professor N. Asatov hamda yuqori ball to‘plab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan Saydaliyeva Sitora Murodulla qiziga berildi. Tadbirning birinchi qismi yakunida birinchi kurs talabalarining qasamyodi o’qib eshittirildi.

Tadbirning ikkinchi qismi esa institut iqtidorli talabalari ijrosida «Mustaqillik mushoirasi», institut raqqosa qizlari ijrosida “Tanovar” hamda iqtidorli talabalarimiz tomonidan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan davom etdi.

Tadbir yakunida institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori G’. Egamnazarov so’zga chiqib, yangiliklar, o’zgarishlar, o’quv jarayoni va oldimimizda turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunlanganidan so’ng talabalar o’quv auditoriyalariga qarab yo’l oldilar.