...

25 Avg

Jizzax politexnika institutiga Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida joylashgan Acharya Institutes vakillari Vishesh Chandrashekar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Bugun Jizzax politexnika institutiga Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida joylashgan Acharya Institutes vakillari Vishesh Chandrashekar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Institutning IT parkida bo’lib o’tgan uchrashuvda Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, institutning Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Alikabulov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Berdiyorov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Abdunazarov, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi rahbari A.Saidov, Jizzax shahridagi Sambhram universiteti rektori J.Husanov hamda Vishesh Chandrashekar boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida rektor A. Usmankulov mehmonlarga institut tarixi, bugungi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, о‘quv jarayonlari, ilm-fan sohasidagi izlanishlar haqida sо‘zlab berdi.

Samimiy kechgan muloqotda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida о‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida fikrlashib olindi.

Yakuniy qismda institut rahbariyatining mehmonlarga esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, mehmonlar ham o’z sovg’alarini ulashdilar.