O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, shu bilan birga O‘zbekistonda ayollar sportini tubdan takomillashtirish, sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz sonini tobora oshirish, endilikda ularning nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham ishtirok etishlarini taʼminlash va bu kabi ko‘plab sport turlarini yaxshilash bo‘yicha Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan 6 ta jamoadan tashkil topgan, Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti yoshlar, Oʻzbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali yoshlar, Sambhram universitetining yoshlari va RSHTYOM jizzax filiali qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning “VOLEYBOL” turiga START berildi. Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa yakunlariga ko'ra Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti jamoasi 1-o'rinni,Oʻzbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali "Psixologiya” fakulteti talaba qizlaridan tuzilgan “Milliy” jamoasi faxrli 2-o‘rinnni, , Sambhram universitetining yoshlari jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritishdi. G'oliblarga ma'muriyatning maxsus diplomlari tantanali topshirildi.