Bugun, 15-iyun kuni Jizzax viloyat Adliya boshqarmasida Jizzax politexnika instituti talabalari uchun «Vatan taqdiri mening taqdirimda» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan izchil islohotlar haqidagi fikrlari bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i J.Ishonkulov tomonidan ochib berildi.
Shuningdek seminarda yoshlar huquqlarini himoya qilish, yoshlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar, hozirgi kunda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangiliklar haqida Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Danayev hamda Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori N.Fayzullayevlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar-trening davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Talabalar huquqshunosi" klubi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.