...

15 Avg

Jizzax viloyatida “Hack4Region” oʻz yakuniga yetdi

Jizzax viloyatida IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi hamda viloyatdagi barcha OTMlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Hack4Region” hakatoni bo‘lib o‘tdi.

“Hack4Region” – bu hakaton boʻlib, unda ishtirokchilar ikki kun ichida jamiyatimizdagi muammoni hal qilish uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqishlari kerak edi.

Maxsus taklif etilgan ekspert va mentorlar ishtirokchilarga 48 soat ichida minimal hayotiy mahsulotni (MVP) samarali va tez joriy etish bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar berishdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun jami 97 ta ariza topshirildi. Hakaton doirasida 28 ta jamoaga bo‘lingan yosh dasturchilar o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etdilar.

Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va ​​tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari sohibi bo‘ldilar:

1-oʻrin – ReCore (tadbirkorlar tomonidan barcha tashqi va ichki reklama obyektlarini koʻrish va tanlash uchun biznes sektorini raqamli rivojlantirish loyihasi);

2-o‘rin – Agro Industry (bu qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish loyihasi boʻlib, u barcha fermerlar, investorlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi tadbirkorlarini bitta platformada birlashtiradi).

3-o‘rin – Web Mentor (IT boʻyicha onlayn kurslar platformasi boʻlib, u kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yosh dasturchilarga IT-kompaniyalarida amaliyotchi sifatida ishlash imkonini beradi).

Bunday xakatonlar O‘zbekiston startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga va uni yangi g‘oyalar, odamlar va jamoalar bilan toʻldirishga imkon beradi.

Fotolavhalar.