Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 23-martdagi 15-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan, Agentlikning Jizzax viloyati filiali tomonidan hududdagi Jizzax politexnika instituti rahbariyati bilan hamkorlikda tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlarini mutaxassislik sohalari bo‘yicha tayanch bilim va amaliy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglarni samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ochiq suhbati bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot davomida Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini joylarda ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mahalliy hokimliklar rahbarlari bilim salohiyatini yanada yuksaltirish yuzasidan tanlangan mavzular to‘plami, shakllantirilgan o‘quv dasturi asosida dars mashg‘ulotlarini xorijiy tajribalar va zamonaviy interaktiv usullardan foydalangan holda olib borishning dolzarbligi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Davra suhbati yakunida, institut rahbariyati bilan bargalikda Agentlik va OTM o‘rtasida malala oshirish kurslarini tashkil etish yuzasidan ustuvor yo‘nalishlar kelishib olindi, shuningdek tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlarini mutaxassislik sohalari bo‘yicha o‘qitishga jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirildi.