Avval xabar berilganidek, Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tayotgan hududiy seminar-treninglarda hozirgicha jami 94 nafar tinglovchi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yakuniy testlarni muvaffaqiyatli topshirdi.
Bugun 24-may kuni Jizzax politexnika institutida hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar-treninglarning bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlar Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarga binoan joriy yilning 27 aprelida qabul qilingan Saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni (a’zolarini) tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga binoan tashkil etilmoqda.
Pedogogik malaka, saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha yetakchi olimlar va ekspertlar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar savol-javob va munozara shaklida qiziqarli tarzda tashkil etilgan bo‘lib, zarur jihoz va vositalar bilan ta’minlangan auditoriyalarda olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlar saylov jarayonlarini qonunda belgilangan tartibda, yuqori saviyada tashkil etish uchun xizmat qiladi.