“Yuksalish” umummilliy harakati YUNISEF ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Jizzax viloyatida “U-Report” platformasining navbatdagi taqdimot kampaniyasiga start berdi. Mazkur taqdimot bugun, 22-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida ham tashkil etildi. Taqdimotda institutning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, “Yuksalish” umummilliy harakati bosh koordinatori B.Niyazimbetova, “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyat hududiy bo'linmasi rahbari X.Abduniyazov, “Yuksalish” umummilliy harakati koordinatori B.Xudargenov hamda loyiha volontyorlari ishtirok etdilar. Tadbirda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, U-report loyihasi taqdimoti tanishtirildi. Taqdimot orqali loyiha va uning mazmun-mohiyati toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu loyiha hukumat hamda yoshlar o'rtasidagi asosiy ko‘prik vazifasini bajarishi, u tomonidan olib boriladigan so‘rovlarda yoshlar faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini bayon qila olishlari mumkinligi ta'kidlandi. Shuningdek, so‘rovlarda Telegram-bot, Facebook yoki SMS orqali ham ishtirok etishlari mumkinligi haqida ma'lumot berildi. Tadbir so‘nggida qiziqarli viktorina tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar U-report loyihasining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Eslatib o'tamiz, “U-Report” platformasining taqdimotlari joriy yil 22-27-noyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Quyida institutning o'quv auditoriylarida bo'lib o'tgan tanishtiruv jarayonlaridan lavhalarni taqdim etmoqdamiz.