...

23 Sen

Kiberxavfsizlik bo‘yicha loyihalar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son qarori 7-ilovasi bilan 22-bandida kiberxavfsizlik yo‘nalishida yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha “HackerJizzax” dasturini amalga oshirish, dastur doirasida viloyatda kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchi yoshlarni saralab olish va ularni o‘qitishni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlar orasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida ko‘rik tanlovi o‘tkazish belgilangan.

Hozirgi kunga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va Jizzax viloyati yoshlari uchun onlayn tartibda 3 marotaba o‘quv seminarlari tashkil etildi. Mazkur o‘quv seminarlarning mantiqiy davomi sifatida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida eng yaxshi loyihalar ko‘rik-tanlovini o‘tkazildi.

Ushbu tanlov, qatnashchilar o‘rtasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida dasturiy mahsulotlar – texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan boshqa tanlovlardan ajralib turadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlovda

1-o‘rinni: SBrow;

2-o‘rinni: WAF Networks;

3-o‘rinni: Kiber qalqon loyihalari qo‘lga kiritdi.

Tanlovda o‘zining innovatorlik ishlanmalari bilan ishtirok etayotgan eng yaxshi dasturiy ta’minot va eng yaxshi texnologik yechim bo‘yicha 1-3 o‘rinlarni egallagan g‘oliblar “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida moliyalashtirishga tavsiya berildi.