Jizzax politexnika institutida joriy yilning 2-aprel kuni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, axborot – resurs markazi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob va kitobxonlik- inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  “Kitob- ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abduraxmonova,  “Kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyati” mavzusida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti Dilbar Soatova, “Yutuqlarimda kitobning roli” mavzusida Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Dildora Imomova, “Kitob va kitobxonlik- inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova, “Kitob – hayotni o‘rgatuvchi murabbiy” mavzusida institut axborot – resurs markazi bo‘lim boshlig‘i O‘g‘iloy Mustafayeva, “Kitobga oshno dillar yomonlikdan yiroq bo‘ladi” mavzusida Axborot-resurs markazi bo‘lim boshlig‘i Zulfiya Qosimovalar so‘zga chiqdilar. Ayniqsa, tadbirda iqtidorli talabalar Energetika va radioelektronika” fakulteti I bosqich talabasi Abduhamitova Shaxlo, “Transport” fakulteti talabalari Dilshod O‘ktamov, Ibrat Yusupov, Jamshidbek Yorkulov, “Qurilish materiallari” fakulteti talabasi Yusuf Istamov, “Kimyoviy texnologiyalar” fakulteti talabasi Charos Gʻaybullayevalarning chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.