Jizzax politexnika instituti akademik litseyida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Viloyat kengashi rahbari Dilshod Mirzaahmedov, Jizzax politexnika institutining o'quv ishlari bo'yicha prorektori, МTDP deputati G'ayrat Egamnazarov, MTDP deputatlari, shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri Oydin Xamraqulova va akademik litsey o'qituvchi - xodimlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, Davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirish, parlament vakolatlarini kuchaytirish, fuqarolarning qonunchilik jarayonlarida faol ishtirokni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida soʻz bordi. Deputatlar tomonidan fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini, xususiy mulkchilikni, iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga qaratilgan normalar kiritilayotgani, inson huquqlari va erkinligini kafolatlash borasida ham bir qator o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilayotgani haqida fikr yuritildi. Suhbati so‘ngida ishtirokchilar bu borada o‘z fikrlarni bayon qilishdi va oʼzaro fikr almashishdi.