...

27 Sen

Liderlari saylovi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 8-avgustdagi “Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 349-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Yoshlar akademiyasi faoliyati bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningdan so‘ng, Yoshlar akademiyasining institut va fakultet liderlari saylovi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Materiallarning kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash yo‘nalishi magistranti Mullajonova Ziyodabonu Sayfulla qizi Yoshlar akademiyasi institut liderligiga saylandi.

Demak, Yoshlar akademiyasi fakultet liderlari bilan tanishing:

Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti talabasi Jorayeva Umida Bahodir qizi;

Sanoat texnalogiyalari fakulteti talabasi Xazratqulova Sarvinoz G‘ulom qizi;

Transport fakulteti talabasi Shavqiyev Elbek Abdurazzoq o‘g‘li;

Servis fakulteti talabasi Kokilov Husniddin Hasan o‘g‘li;

Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Tolliboyev Ilyos Ilhom o‘g‘li;

Energetika va radioelektronika fakulteti talabasi Fayzullayev Diyorbek O‘tkir o‘g‘li.