...

16 Fev

Magistratura 2022/2023

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

Shunga muvofiq, Jizzax politexnika instituti magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabgorlarning tanlov natijalari qaydnomasini eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉  Magistraturaga 2022/2023 o’quv yili bo’yicha tanlov natijalari qaydnomalari(sentabr)

👉 Magistraturaga 2022/2023 o’quv yili bo’yicha tanlov natijalari qaydnomalari(yanvar)