...

02 Apr

Magistratura bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar: natijalar va istiqboldagi rejalar

Jizzax politexnika institutida «Magistratura bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar: natijalar va istiqboldagi rejalar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Gʻ.Egamnazarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Berdiyorov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i J.Ibragimov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i J.Nasriddinov, institut axborot xizmati rahbari J.Tulakov, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari hamda magistratura bosqichi talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzu boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, o‘quv jarayoni, ilmiy ish, pedagogik faoliyat, kredit modul tizimi hamda HEMIS axborot tizimi tushuntirib berildi.