Jizzax politexnika institutining "Energetika va radioelektronika" fakultetiga biriktirilgan Zomin tuman XTBga qarashli 46-sonli maktabning pedagogik jamoasi va bitiruvchi sinf o‘quvchilari institutga sayohat uyushtirdilar. O'quvchilarga institut o’quv xonalari, kutubxona, sport zal, institut madaniyat saroyi hamda shu kabi bir qator laboratoriya xonalari tanishtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan javob olishdi.   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online