Jizzax viloyati Baxmal tumani 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifatini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan harakatlar rejasi asosida Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani o'rinbosari M. Sultanov maktabda bo'ldi va “Pul muomalasi va inflatsiya” mavzusida talabalarga master-klass darsini o‘tdi.
Maktab tugashiga yaqin qolganligi munosabati bilan bitiruvchi sinf o'quvchilarini kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati ham tashkil etildi.
Tashrif davomida institut rektori stipendiyasi uchun o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblariga aprel oyi uchun rektor stipendiyasi topshirildi.