Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakulteti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Berdanov Azamat, Abdurahimov Kattabek va 4-kurs talabasi Qayumov Abdumalik tomonidan Arnasoy tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun ochiq muloqot tashkil qilindi. Ochiq muloqotda maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb qilish va ularning bandligini ta’minlash jarayonlarining samaradorligi haqida hamda maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan harakatlar rejasi bandlarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbir soʻngida iqtidorli o‘quvchilarga sovg‘alar topshirildi.   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online