...

31 Yan

Media-tur tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida sifatli ta’lim va talabalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Jizzax politexnika institutida qator obyektlarning qurilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, institutda elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni ishga tushirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut hududida qurilgan obektlar hamda muqobil energiya manbalariga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikni yetkazish maqsadida institut Matbuot xizmati tomonidan media-tur tashkil etildi.

Media-turda institut Matbuot xizmati xodimlari boshchiligida institutning «Blogerlar klubi» a’zolari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar uchun institut hududi bo‘ylab sayohat tashkil etilib, bajarilgan va bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.