19 Fev

- 2021-02-19 14:43:48
Mutasaddi tashkilot mutaxassislari bilan uchrashuv — Servis fakulteti
Bugun, 19-fevral kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida “Servis” fakulteti "Transport logistikasi" kafedrasi tomonidan “Yetuk mutaxassis kelajak poydevori” shiori ostida mutasaddi tashkilot mutaxassislari bilan uchrashuv oʼtkazildi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga xodimlardan javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.
Tadbirda qatnashganlar:
— Xudoyqulov Shoxrux - Jizzax avtomobil zavodi sifat bo‘limi boshlig‘i;
— Mamarajabov Xurshid - Jizzax avtomobil zavodi ishlab chiqarish muhandisi;
— Qo‘shboqov Ilhom - Jizzax viloyat transport boshqarmasi bosh inspektori;
— Rashidov Botir - “Jizzaxavtotransservis” MChJ rahbari;
— Esonturdiyev Farhod - “Ishonch mega avto” MChJ rahbari;
Tadbirda yakunida bir qator iqtidorli talabalarga fakultet dekanining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Institut matbuot xizmati
Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
• www.fb.com/jizpiuz
• www.instagram.com/jizpiuz
• twitter.com/jizpiuz
• https://t.me/JizPI_online






