...

16 Dek

JizPIda NPTTI bilan onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutida Xitoy Xalq Respublikasining Nankin professional transport texnologiyalari instituti(NPTTI) bilan o’zaro hamkorliklarni amalga oshirish maqsadida onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda NPTTI dan vakil sifatida janob Mei Ben ishtirok etdi.

Tadbir davomida NPTTI prezidenti Jia Lili so‘zga chiqib o‘zaro hamkorlik bo‘yicha nutq so‘zladi. Jizzax politexnika institutidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov so‘zga chiqib, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha so‘z yuritdi. Shundan so‘ng o‘zaro memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Memorandumni NPTTI dan prezident Jia Lili va JizPI dan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarovlar imzolashdi. Shuningdek, tadbirda JizPI talabasi Sattorqulov Baxtiyor so‘zga chiqib, hozirda bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda ikki universitetlar o‘rtasidagi ushbu imzolangan shartnoma ikki tomonning manfaati uchun xizmat qilishini Xitoy tilida bayon qildi.

Shuningdek, tadbir doirasida institutda xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida Jizzax politexnika instituti rektori professor Alisher Usmankulov nomidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov institut sovg‘asini hamkorlarga topshirdi.