...

22 Dek

JizPIda “Energetika tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

22-dekabr – “Energetika tizimi xodimlari kuni.

Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 22-dekabr kuni Energetika va radioelektronika fakultetida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda akademik P.Kalandarov, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi A.Abduvaliyev, «O‘zbektelekom» AK «Jizzax shahar telefon tarmog‘i» filiali rahbari I.Fayzullayev, «Jizzakh Cement Plant » MCHJ elektr ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.Umirov, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Berdiyorov, Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Meliyev, Energetika kafedrasi mudiri M.Anarboyev, soha mutaxasisslari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani 22-dekabr – “Energetika tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilalariga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish, iste’molchilarga yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq jarayon, sohadagi muammolar, istiqbolli rejalar, muammolarning yechimlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan soha mutaxasisslariga, professor-o‘qituvchilarga hamda iqtidorli talabalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, kitoblar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxasisslaridan javob oldilar.

Shuningdek, Energetika kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tashrif buyurib, xodimlarni kasb bayrami bilan tabriklashdi.