...

14 Okt

Energetika, qurilish va qishloq xo'jaligi muhandisligi bo'yicha 3-xalqaro konferensiya bugundan boshlandi.

Konferensiya “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bo’lib o’tmoqda.

ICECAE – bu energetika, qurilish va qishloq xo’jaligi muhandisligi bilan bog’liq dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun ajoyib maydon. Ushbu xalqaro tadbir rivojlanayotgan texnologiyalar va ilmiy xulosalarni hamkorlikda o’rganish, turli sohalardagi olimlar, tadqiqotchilar, muhandislar, talabalar va mutaxassislarni birlashtirishga qaratilgan.

Ayni damda konferensiyaning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. Unda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori prof. Bahodir Mirzaev, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi raisi oʻrinbosari prof. Abdushukur Xamzaev, Jizzax politexnika instituti rektori prof. Alisher Usmonqulov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Energetika muammolari instituti akademigi Romen Zohidov, Krakov texnologiya universiteti(Polsha) rektori prof. Anjey Belkevich, Karabuk universiteti (Turkiya) prorektori prof. Izzet Açar, Virginia Tech Advanced Research Institute(AQSh) direktori prof. Sayfur Rahmon hamda Infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i Doktor Migel Martin so’zga chiqdi.

Konferensiyaning ochilish marosimi davom etmoqda.

Konferensiya dasturiga ko’ra, kunning ikkinchi yarmida Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bo’lib o’tadi.

Xalqaro konferensiya 16-oktyabr kuniga qadar davom etadi.