...

09 May

Paxta saqlash maskani va paxta tozalash korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi, Sharof Rashidov tumani ishchi guruhi hamda Jizzax politexnika instituti Paxtachilik ilmiy markazi a’zolari Sharof Rashidov tumanidagi “Isoq bobo” fermer xo‘jaligi va paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli paxta saqlash maskani va paxta tozalash korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Unda, Paxtachilik kengashi a’zosi Q.Jumaniyozov va tuman ishchi guruh a’zolari Jizzax politexnika instituti qoshidagi paxtachilik ilmiy markazida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishishdan boshlab, “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ ning ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Qadam Jumaniyozov va “Sulton” g‘o‘za navi mualliflaridan biri Nasim Xujambergenov, markaz a’zolari, professor o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, klaster va fermerlarga seminar-trening tashkil qilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi. Shuningdek, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Uch tepa” FXHU hududidagi “ISOQ BOBO” fermer xo‘jaligida dala chetidan maqsadli foydalanish yuzasidan fermerlarning murojaatlari tinglanib, tegishli yechim va ko‘rsatmalar berildi. Dala cheti maydonlariga oshqovoq, ko‘kat, tut, bulg‘or qalampiri va uzum ekish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Jizzax Industrial To‘qima» MCHJga qarashli paxta saqlash maskaniga tashrif buyurilib, bugungi kun paxta ekish mavsumiga tayyorgarligi, urug‘lik chigit ombori va chigitlarning saqlanish holati bilan tanishdilar.