...

13 Okt

Institutimiz vakillari VI Markaziy Osiyo xalqaro forumida qatnashishdi.

Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Temur Berdiyorov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Musayev Sharoflar 2022-yil 6-9-oktabr kuni Qozog’istonning Olmaota shahrida joylashgan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida Mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligining (IAAR) “Global ta’lim makonida transmilliy hamkorlik” ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha VI Markaziy Osiyo xalqaro forumida qatnashishdi.

Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro forumning asosiy maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni muhokama qilish va almashish uchun xalqaro muloqot platformasini yaratishdan iborat.