...

03 Noy

JizPI vakillari “TRIGGER” loyihasi doirasida Qozog‘istondagi Toraygirov Universitetida bo‘lishdi.

Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Berdiyorov hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Tursunqulovlar 2022-yil 9-oktyabrdan 16-oktyabrgacha Qozog‘iston Respublikasining Pavlodar viloyatidagi Toraygirov Universitetida tashkil etilgan “ERASMUS+” dasturining “TRIGGER” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muvofiqlashtirish yig‘ilishida qatnashdilar.

“ERASMUS+” dasturining “TRIGGER” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning tahliliga bag‘ishlangan muvofiqlashtirish yig‘ilishida Jizzax politexnika instituti ham amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Muvofiqlashtirish yig‘ilishiga hamkor tashkilotlardan Koshitse texnika universiteti (Slovakiya), L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston), Atirau davlat universiteti (Qozog‘iston), Toraygirov universiteti (Qozog‘iston), Termiz davlat universiteti (O‘zbekiston), Namangan muxandislik-texnologiya instituti (O‘zbekiston), Toshkent davlat transport universiteti (O‘zbekiston), Dang‘ara davlat universiteti (Tojikiston), Lomonosov nomidagi Maskva davlat universitetining Dushanbe shahridagi filiali (Tojikiston), M.Nazarshoyev nomidagi Xorog davlat universiteti (Tojikiston), Ko‘lob davlat universiteti (Tojikiston), BFI Vena amaliy fanlar universiteti (Avstriya), “Kot-d” Azur universiteti (Fransiya), ASTRA (Slavakiya), IDEC (Gretsiya)lar qatnashishdi.

“ERASMUS+” dasturining “TRIGGER” loyihasi doirasida JizPIda amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanib, JizPI tajribasini ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.