...

21 Noy

Erasmus+: Jizzax politexnika institutiga tashrif

JizPIga tashrif

NEO vakili Gulshoda Karlibaeva va Erasmus+ Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar milliy guruhi a’zosi Gulbaxor Karimovalar Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Jizzax politexnila institutida OTM rahbariyati va “TRIGGER: Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia” loyihasi guruhi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Tempus loyihalarining barqarorligi va Erasmus+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish-CBHE” loyihalarining amalga oshirilishi, loyihalar natijalarini keng jamoatchilikga yetkazish hamda mahalliy matbuot ommaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar Tempus loyihalari doirasida jihozlangan laboratoriyalarga tashrif buyurib, o’qituvchi va talabalarning jihozlardan foydalanish jarayonlari va ishlanmalari bilan tanishdilar.

Jizzaxda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari

Shuningdek, Jizzaxdagi barcha oliy taʼlim muassasasalari vakillari uchun O’zbekiston milliy universitetining Jizzaxdagi filialida «Erasmus+ axborot va targʻibot seminari» boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining respublika boʻyicha oliy taʼlim muassasalari ishtirok eta olishi mumkin boʻlgan “imkoniyatlar”ning har biri bo’yicha maʼlumotlar hamda 2023-yangi tanlov, ustuvor yo’nalishlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. “Oliy taʼlim salohiyatini oshirish – CBHE” yoʻnalishi bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar a’zolari tomonidan taqdimotlar namoyish qilindi va savollarga javob berildi:

1. TRIGGER: Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia

2. REILEAP: Reinforcing capacities of HEIs for leather and leather products in Uzbekistan-Kazakhstan

Seminarda Temur Berdiyorov, Ilhom Abazovlar tomonidan yuqorida keltirilgan loyihalar doirasida qilinayotgan ishlar, jumladan o’quv dasturlarni takomillashtirish, korxona/tashkilotlar bilan hamkorlikda bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish, charm sanoati bo’yicha jihozlar olish va talabalar ishtirokida ulardan foydalanish bo’yicha ma’lumot berildi.