...

16 May

Bahorgi tijoratlashtirish forumida Jizzax politexnika institutining ishtiroki

2023-yil 16-17-mart kunlari Bahorgi tijoratlashtirish forumi doirasida Jizzax shahri “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosida qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektrotexnika, yengil sanoat, farmatsevtika hamda transport va logistika sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o’tkazilishi belgilangan. Ushbu yarmarkada Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Saidova Galina Karimovna institutda olib borilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqdi va o‘z fikr mulohazalarini ta’kidlab o‘tdi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023-yil 16-17-mart kunlari “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchi, xodimlari  “Qurilish materiallari muhandisligi” fakultet professori Ruzmetov Ikrom,  yo‘nalish talabasi Turdimurodova Muftuna o‘zining  “Mahalliy xom ashyolar asosida antfriz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” va “Mashinada terilgan paxtani sifatini oshirish maqsadida resurs tejamkor, takomillashtirilgan tola tozalagich uskunasini yaratish” Tabiy tola va matoga ishlov berish kafedra mudiri Egamberdiyev Fazliddin, yo‘nalish talabasi Bobojonov Zohid loyihalari bilan ishtirok etdi.