...

17 Sen

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov JizPI...

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov Jizzax politexnika instituti rahbariyati, yoshlar yetakchilari hamda yo‘nalish va fakultet koordinatorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada yaxshilash, yo‘nalish va fakultet koordinatorlari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va fikrlar tinglandi. Bildirilgan fikrlar va takliflarga asosan kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.