Otakulov Salim – fizika–matematika fanlari doktori, professor.
Otakulov 1974 yil Samarqand davlat universiteti matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1981 yil Ozarboyjon davlat universitetida nomzodlik dissertatsiyasini, 1993 yil O‘zbekiston Milliy universitetida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha professor. 1975 yildan buyon avval Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali va hozirgi kunda Jizzax politexnika institutida ilmiy-pedagogik  faoliyat  olib bormoqda.
Professor S. Otakulov  dinamik tizimlar va optimal boshqaruvning matematik nazariyasi, matematik modellastirish sohalarida ilmiy tatqiqotlar olib boradi. Asosiy ilmiy ishlari differensial mansubliklar va ularning optimal boshqaruvga tadbiqlari,  boshqaruv tizimlarining axborot noaniqligi  sharoitidagi modellari  tatqiqlariga bag‘ishlangan. Tizimli tahlil va modellashtirish, qaror qabul qilishning matematik usullari, iqtisodiy-matematik modellar bo‘yicha  ilmiy-uslubiy ishlar olib bormoqda. Olimning ilmiy ishlari natijalari chet ellarda, jumladan AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya kabi davlatlar va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi uchun yaxshi tanish, bir necha taniqli ilmiy jurnallar tahririyatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning amaliy matematika, matematik modellashtirish sohasidagi olib borayotgan ilmiy ishlari uning Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash faoliyatidagi faol ishtiroki bilan uzviy olib borilmoqda.
Ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega S. Otakulov 220 dan ziyod ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, jumladan 2 ta monografiya, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, ma’ruzalar kurslari, uslubiy ko‘rsatmalar muallifidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oily va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan 2007 yilda “Исследование операций ”, 2009 yilda “Kombinatorika va graflar nazariyasi”, 2020 yilda “Iqtisodiyotdagi matematik usullar” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi, 2019 yilda Germaniyanng “LAP Lambert academic publishing” nashriyotida “Задачи управления ансамблями траекторий дифференциальных включений” nomli monografiyasi chop etilidi. Ushbu monografiya shu yil – 2021 yil mart oyida  8 ta chet tilga: ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, portugal, polyak, golland tillariga tarjima qilinib, dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tibotiga havola etildi.
Olimning 2016 yildan boshlab  Jizzax politexnika institutida olib borayotgan ilmiy-pedagogik faoliyati yanada samarali bo‘lmoqda. Bu davrda unig shogirdlari bilan ilmiy hamkorligida 1ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi, 60 dan ortiq ilmiy maqola va materiallari Scopus va boshqa nufuzl halqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallar va  halqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi. Professor S. Otakulov “Oliy matematika” kafedasi  mudiri A. Sh. Berdiyorov, dotsentlar A.O. Musayev, U.A. Soatov, H.N, Alimov va boshqalar ishtirokida  kafedra va institut miqyosidagi ilmiy seminarlarl faoliyatining samarali bo‘lishiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning ilmiy rahbarligida kafedra assistentlari Rahimov B.Sh., Haydarov T.T. mustaqil tadqiqotchi sifatida o‘z Phd  dissertasiyalari ustida  ish olib bormoqdalar.
Монография:
Отакулов С. Задачи управления ансамблями траекторий дифференциальных включений. 2019.-144 с. LAP Lambert Academic Publishing.
Работа посвящена исследованию дифференциальных включений с управляющим параметром. Рассмотрены задачи, представляющие интерес для теории негладкой оптимизации. Изучены: топологические свойства множества решений и ансамбля траекторий дифференциальных включений; свойство управляемости ансамбля траекторий; необходимые и достаточные условия оптимальности в задаче быстродействия и в минимаксной задаче управления ансамблем траекторий. Полученные результаты могут быть использованы при исследовании систем управления в условиях неполноты информации. Монография предназначена для специалистов в области прикладной математики и теории оптимального управления.