O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi №78-F sonli Farmoyishiga asosan Jizzax politexnika institutida “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida o‘tkaziladigan Respublika onlayn ilmiy-texnik anjuman 2021 yil 9-10 aprel kunlari o‘tkazildi.
Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi:
  • Arxitektura va qurilishdagi innovatsiyalar, yo‘l inshootlarini loyihalash hamda qurilish buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishning dolzarb muammolari;
  • Muxandislik kommunikatsiyalari va ekologik dolzarb muammolar hamda to‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash, tabiiy tolalar va matoga ishlov berish hamda yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanish tendensiyalari;
  • Metrologiya va standartlashtirish, elektr va elektromexanik apparatlar; elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va aloqa sohasi yangiliklari
  • Kimyoviy materiallar va moddalarga ishlov berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari sohasida innovatsiyalar;
  • G‘ildirakli va gusenitsali mashinalarni ekspluatatsiya qilish; yo‘l inshoatlarini loyihalash va konstruksiyalash, transport logistikasi jarayonlarining zamonaviy muammolari;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari, texnika ta’lim yo‘nalishlarida innovatsion axborot va pedagogik texnologiyalarning dolzarb mummolari va ularning yechimlari.
Anjuman Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulovning kirish so‘zi bilan boshlandi. I.Karimov nomidagi TDTU professori, t.f.d., Matyakubova Farog‘at Maylievnaning “O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimi” mavzusidagi  ma’ruzasi, SamDU professori, f-m.f.d., Arziqulov Eshquvvat Ulashevichning “Gaz aralashmalarining alangasida eritilgan metallarning xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi  ma’ruzasi, XXR, Shaansi fan va texnologiyalar universiteti tayanch doktoranti Ollayorov Xurram “Neft va gaz quduqlaridagi yoriqlarni yopish materiallarini yaratish” mavzusidagi ma’ruzasi, RF, Qozon federal universiteti doktoranti, Mansurov Olimning “Problema utilizatsii bitumnыx otxodov” mavzusidagi ma’ruzasi, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, PhD Abubakirov Azizbekning “Elektr tarmoqlarida bir va uch fazali toklarni nazorat va boshkaruvi daktchigining tavsiflari” mavzusidagi ma’ruzasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mustaqil tadqiqotchisi Qosimov Diyorjonning “Iplarni to‘quvchilikga tayyorlashning innovatsion texnologiyasini joriy etishda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish yo‘llari” mavzusidagi ma’ruzasi, Namangan muhandislik-qurilishi instituti, t.f.n. dotsent To‘xtasinov Mumtozali To‘lqinalievichning “Raqamli tasvirlarni tanib olishning yangi texnologiyalari” mavzusidagi ma’ruzasi hamda JizPI professor-o‘qituvchilari va talabalarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.