...

15 Dek

Kibersport musobaqasida talabalarimiz faol ishtirok etmoqda.

Jizzax viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida Kibersport musobaqasiga start berildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi prezidentining «Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-423 sonli qarori» qabul qilindi.

Joriy yilning 15-dekabr sanasida Jizzax shahridagi «Valkyrie eSports» majmuasida Jizzax viloyatidagi beshta oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida kibersport musobaqasiga start berildi.

Mazkur musobaqada Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.

Musobaqa haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni institutimizning rasmiy telegram kanalida e’lon qilib boramiz.