...

20 Noy

Jizzax politexnika institutida Volontyorlik markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 23-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Volontyorlik markazlari ijtimoiy tarbiya, fuqarolikni va vatanparvarlikni shakllantirish,
professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnati hamda ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning kasbiy, shaxsiy va boshqarish ko‘nikmalari rivojlanishiga imkon yaratish, shuningdek, yoshlarning mehnat va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida Volontyorlik markazi tashkil etilishi ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan 18-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida ham Volontyorlik markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.