Institutda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo'lgan yoshlar bilan tizimli ishlash hamda ular o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida uchrashuv o'tkazildi

Ochiq muloqotda tarzida bo'lib o'tgan davra suhbatida Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D. Xamraqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov, Arxitektura va qurilish fakultet idekani A. Berdiqulov, Transport fakulteti dekani S. Djiyanbayev, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti dekani M. Mirzabekov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i B. G‘aybullayev va fakultetlar dekan muovinlari J.Anarbayev, G. Soatova, fakultetlar tyutorlari, institut yuriskonsulti D. Ergasheva, Kasaba uyushmasi raisi Q. Takaboyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi bo‘lib kelganligi, inson tinch va xotirjam yashashni xohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tildi.