...

06 Mar

Xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ...

Institutda xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha barcha fakultetlarda uchrashuvlar tashkil etildi.

Arxitektura va qurilish, Transport, Energetika va radioelektronika fakultetlarida talaba-qizlar bilan “Inson — odobi bilan, Osmon —oftobi bilan!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Tursunova, Arxitektura va qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi K.Fayzullayeva, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Xamdamova, Arxitektura va qurilish, Transport, Energetika va radioelektronika fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Navbatdagi tadbir Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Fakultet talaba-qizlari bilan tashkil etilgan yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut profilaktika inspektori – F.Normatov hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Navbatdagi tadbir Sanoat texnologiyalari fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Fakultetda talaba-qizlar soni ko‘pligi sababli 2 ga bo‘lingan holda uchrashuvlar tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Tursunova, institut profilaktika inspektori F.Normatov, fakultet dekani I.Abbazov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Shamshiyev, fakultet o‘qituvchilari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi H.Yadgorova, fakultet tyutorlari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Navbatdagi tadbir Servis fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Tursunova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Shermatov, fakultet o‘qituvchilari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Y.Ahmedova, fakultet tyutorlari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.