...

02 Dek

"OITS – asrimiz dushmani", "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" mavzularida

Bugun Sanoat texnologiyalari fakultetida «OITS – asrimiz dushmani» hamda «3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun Sanoat texnologiyalari fakulteti faollar zalida fakultetda tahsil olayotgan xotin-qizlar va barcha tyutorlar ishtirokida «OITS – asrimiz dushmani» hamda «3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi «Istiqbolli avlod» ijtimoiy-axborot markazi Jizzax viloyati bo‘limi xodimi Farrux Hamidov va Jizzax viloyati SPGI markazi «Oila davrasida» loyiha koordinatori Fotima Mamasadiqovalar ma’ruza qilishdi. Soʻzga chiqqanlar tomonidan hozirgi kundagi xotin-qizlar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.