Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov Jizzax politexnika instituti kampusi bilan yaqindan tanishdi. Institut rektori A.Usmankulov hamda masʼullar hamroxligida institutdagi tabiiy fanlar laboratoriyasi, kutubxona, oʻquv xonalari, IT inkubatsion laboratoriyalar, kampus hududidagi obyektlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot mashgʻulotlarining tashkil etilishi jarayonlari bilan ham tanishib chiqildi. Oʻz oʻrnida, institutning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash va modernizatsiya qilish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Bu borada vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish masalasining koʻrilishi vazir tomonidan bildirib oʻtildi. Uchrashuv soʻnggida institut xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalari bilan yoʻl-yoʻlakay uchrashilib, ular bilan samimiy muloqot qilindi.