...

06 Dek

“Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika institutida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlardan biri 8dekabr – O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Jizzax shahar Adliya bo‘limi mas’ul xodimi A.Rahmatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vakili J.Yodgarova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar mavzu doirasida ishtirokchilarga zarur ma’lumotlarni berdilar.

Tadbirning badiiy qismida institutimizning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etilib, talabalarning she’rlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Badiiy qismda quyida ism-shariflari keltirilgan talaba-yoshlarimiz o’z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar:

  • 1. “Kimyoviy texnologiya” fakulteti-ning iqtidorli talabasi S. Azizova ijrosida “Vatan” haqida she’r.
  • 2. “Qurilish materiallari muhandis-ligi” fakultetining iqtidorli talabasi R.Axmedov ijrosida “Vatan”  haqida she’r.
  • 3. “Energetika va radioelektronika” fakultetining iqtidorli talabasi           N. Suvonov ijrosida dutor cholg‘u asbobida qo‘shiq.
  • 4. “Arxitektura va qurilish” fakulteti iqtidorli talabalari ijrosida raqs.
  • 5. “Transport” fakultetning iqtidorli talabasi D. Raximov ijrosida doirada xorazm termasi.
  • 6. “Energetika va radioelektronika” fakultetining iqtidorli talabasi Qilichov Sardor ijrosida gitara cholg‘u asbobida qo‘shiq. 

O‘tkazilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.