...

06 Dek

Abay Qo‘nonboyev tavalludining 177 yilligi munosabati bilan ...

Jizzax politexnika institutida buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 177 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Arxitektura va qurilish fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi Abay Qo‘nonboyev tavalludining 177 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolarga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax shahar Adliya bo‘limi mas’ul xodimi A.Rahmatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vakili J.Yodgarova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Badiiy qismda esa kafedra qoshidagi “Notiqlik san’ati” nomli to’garak a’zolaridan iborat talabalar o’z iqtidorlarini namoyish etdilar. Unda Abay qalamiga mansub she’rlar, nasihatlar o‘qildi, qo’shiq va raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar va faol ijodkorlarga tashakkurnoma hamda kitoblar sovg‘a qilindi.

Buyuk ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, ezgulik va do’stlik kuychisi Abay Qo‘nonboyevning sharafli nomi va boy ijodiy merosi nafaqat qozoq xalqi, ayni paytda, butun turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ham qalbida bezavol yashab kelmoqda.