...

07 Dek

Barcha fakultetlar kesimida «Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan «Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari kesimida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda tashkil etishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda barcha fakultet jamoa a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. m.xolbekova o‘z so‘zida “Zukko kitobxon” tanlovi barcha fakultetlar talabalarining ishtirokida doimiy ravishda kurslar kesimida o‘tkazilib kelshini ta’kidladi. Barcha fakultetlardan ishtirok etayotgan jamoalarini “Zukko kitobxon” tanlovining Nizomi bilan yana bir bor tanishtirdi. Shundan so‘ng tanlov boshlandi. Musobaqada institutning 7 ta fakultetidan:

  • 1. Arxitektura va qurilish fakultetidan “Arxitektorlar” jamoasi;
  • 2. Energetika va radioelektronika fakultetidan “Parvoz” jamoasi;
  • 3. Kimyoviy texnologiya fakultetidan “Atom” jamoasi;
  • 4. Servis fakultetidan “Yuksalish” jamoasi;
  • 5. Sanoat texnologiyalari fakultetidan “Sanoatchilar” jamoasi;
  • 6. Transport fakultetidan “Tafakkur” jamoasi;
  • 7. Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Zamin” jamoalari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra ushbu tanlovda I o‘rinni Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining “Zamin” jamoasi, II o‘rinni Servis fakultetining “Yuksalish” jamoasi, III o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetining “Parvoz” jamoalari egallashdi.