...

10 Dek

JizPIda “Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi”  tanlovi o'tkazildi.

Jizzax politexnika institutida “Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi”  tanlovi o’tkazildi.

Tadbirda Jizzax shahar Yoshlar ishlari agentligi bo’limi bosh mutaxassisi A.Az’amov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D.Xamraqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda barcha fakultet jamoa a’zolari ishtirok etdi.

 “Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi” tanlovi institutning “Vatanparvar” klubi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirni M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barcha yig’ilganlarni samimiy tabrikladi.

Quyida keltirilgan tanlov shartlari bilan barcha ishtirokchilar hamda barcha mehmonlarni tanishtirib o‘tdi.

  • 1-shart. Tanishtiruv sharti;
  • 2-shart. Talabalarning sport bilan shug‘ullanishlari, mahorat darajasi va milliy sport turlarini targ‘ib qilishini aniqlash maqsadida sport turlari bo‘yicha sinov.
  • 3-shart. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida oldindan tayyorlangan savollarga to‘liq javob berishlari talab etiladi.
  • 4-shart. Talabalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini, qiziqishlari va intilishlarini aniqlash maqsadida “Bo‘sh vaqt – xush vaqt” shiori ostida erkin mavzu bo‘yicha sinov.

Shundan so‘ng tanlov boshlandi. Har bir ishtirokchi o‘zining barcha shartlar bo‘yicha tayyorlagan o‘z ijodiy ishlarini ko‘rsatishdi. Tanlovda institutning 6 ta fakultetidan:

  • 1. Arxitektura va qurilish fakultetidan Qurbonov Jahongir;
  • 2. Energetika va radioelektronika fakultetidan Zaripov Shamsiddin;
  • 3. Kimyoviy texnologiya fakultetidan Isoqov Begzod;
  • 4. Servis fakultetidan Maxammatov Shahzod;
  • 5. Transport fakultetidan Abdurahmonov Abubakir;
  • 6. Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan Ilhomov Orzumurodlar ishtirok etishdi.

Tanlov yakuniga yetgach, barcha ishtirokchilarning umumiy ballari hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlovda I o‘rinni Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan Ilhomov Orzumurod, II o‘rinni Transport fakultetidan Abdurahmonov Abubakir, III o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetidan Zaripov Shamsiddinlar egallashdi.