...

21 Yan

Talabalar turar joyida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida ta’til davrida talabalar vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari kesimida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda tashkil etishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda barcha fakultet jamoa a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida “Zukko kitobxon” tanlovi barcha fakultetlar talabalarining ishtirokida doimiy ravishda kurslar kesimida o‘tkazilib kelshini ta’kidladi. Barcha fakultetlardan ishtirok etayotgan jamoalarini tanlovning Nizomi bilan yana bir bor tanishtirdi.

Musobaqada oʻynalgan savollar quyidagi kitoblardan tuzilgan:

1. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”;

2. Oybekning “Navoiy”;

3. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”;

4. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”;

5. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy majlis hamda O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi.

Shundan so‘ng “Zukko kitobxon” tanlovi boshlandi. Musobaqada institutning 5 ta fakultetidan:

1. Arxitektura va qurilish fakultetidan “Arxitektorlar” jamoasi;

2. Energetika va radioelektronika fakultetidan “Parvoz” jamoasi;

3. Servis fakultetidan “Yuksalish” jamoasi;

4. Transport fakultetidan “Tafakkur” jamoasi;

5. Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Zamin” jamoalari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, tanlovda I o‘rinni Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Zamin” jamoasi, II o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetining “Parvoz” jamoasi, III o‘rinni Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitektorlar” jamoasi egalladi.