...

01 Fev

“Ma’rifat maydoni” Respublika ko'rik tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 9-dekabrdagi Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari orasida “Ma’rifat maydoni” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi № 400-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutining “Muhandislar” jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko’rik-tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etdi.

Tanlovning hududiy bosqichi Jizzax davlat pedagogika universitetining Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talaba-yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkaziladi.

1-shart: “Adib hayoti”.

Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning haykallari siymolari tasvirlangan adibning hayotini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llarini ko‘rsatish edi.

 Institutimizning “Muhandislar” jamoasi tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya hayoti taqdimot shaklda nomoyish etildi. Hamid Olimjon va Zulfiya haykallari hamda adiblarning muzeyiga tashrifini videorolik shaklida taqdimot qilinib, adiblarning ijodlaridan she’rlar ifodali o‘qildi.

2-shart: Tezkor savol-javob sharti.

Ushbu shartda hakamlar hayoti tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayoti hamda ijodidan 10 tadan savol o‘ylash, shuningdek, berilgan savollarga javob berish uchun jamoaga 30 soniyadan vaqt ajratildi.

3-shart: “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

Mazkur shartda “Muhandislar” jamoasi Hamid Olimjon va Zulfiya hayotidan lavhalarni sahna ko‘rinishi orqali namoyish etishdi. Muhandislar jamoasi texnika sohasi mutaxassislari bo‘lsada, hakamlar hay’ati tomonidan jamoaning teatrlashtirilgan kompozitsiyasiga yuqori baho berildi.

Institut jamoasi ushbu tanlovda faol ishtirok etdi.