...

09 Fev

"Alisher Navoiy g‘azal mulkining sultoni" — ma'naviy-ma'rifiy tadbir

Axitektura va qurilish fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida «Alisher Navoiy g‘azal mulkining sultoni» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika unversiteti dotsenti Sh.Almamatova, Jizzax politexnika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova, fakultet dekani A.Berdikulov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Azimova, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti D.Soatova, kafedra katta o‘qituvchisi O‘.Norboyev, kafedra a’zolari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi to’g’risida ma’ruzalar qilinib, buyuk mutafakkir bobomizning g‘azal va ruboiylaridan namunalar keltirib tahlil qilindi.

Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, ruboi va g‘azallardan namunalar ijro etildi. Alisher Navoiy bobomizning hayoti va ijodiga oid tezkor savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Yakunda talabalar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.