...

09 Fev

"Biz yoshlar Navoiy izdoshlarimiz" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Bugun 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Arxitektura va qurilish fakultetida «Biz yoshlar Navoiy izdoshlarimiz» mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni kirish soʻzi bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlim boshligʻi M.Xolbekova ochib berdi. Navbatda so’zga fakultet tyutori K.Fayzullayeva chiqdi. Ma’ruzachilar o‘z so‘zida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti hamda ijodi, uning davlat, xalq manfaatlari yo‘lidagi fidoyiligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir badiiy qisim bilan qizg’in davom etdi. Kuy va g’azallar tadbir ishtirokchilariga ma’naviy oziqa berdi.

Shuningdek, tadbir davomida A.Navoiy hayotini aks ettiruvchi sahna ko’rinishi namoyish qilindi.