...

14 Fev

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan

2023-yil 14-fevral kuni institut talalabalar turar joyida Arxitektura va qurilish fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Vatan sog’inchi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ular buyuk ajdodlarimizning boy merosi, ularning talaba-yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi. So‘ngra O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti D.Soatova so‘z olib, buyuk shoh va shoir bobokalonimiz Bobur hazratlari asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va o‘rnak bo‘luvchi hayot yo‘llari haqida gapirib o‘tdi. Tadbirning badiiy qismida institut iqtidorli talabalari shoir qalamiga mansub o‘zlarining yod olgan g‘azal va ruboiylarini ijro etishdi. Bobur g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar, mumtoz raqslar ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi. Tadbir davomida o‘tkazilgan adib ijodiga oid savollar viktorinasi tadbirni yanada jonli va qiziqarli bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Faol ishtirokchi talabalarga kafedra mudiri X.Xamdamova tomonidan badiiy kitoblar va ro‘zg‘or buyumlari sovg‘a qilindi.